
O‘zbekiston Intervision musiqa tanlovida ishtirok etadi. Bu haqda «RIA Novosti” Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoyga tayanib xabar bermoqda.
Musobaqada O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Saudiya Arabistoni va Qozog‘iston ham ishtirok etishini tasdiqladi. Intervision’da Ozarbayjon, Braziliya, Tailand va Janubiy Afrikadan kelgan musiqachilar ham ishtirok etadi.
Shu bilan birga, Rossiya ushbu madaniy tadbirda ishtirok etish borasida Serbiya va Vengriya vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Intervision xalqaro musiqa tanlovi Rossiyada markaziy kanallar orqali namoyish etiladi. Tanlov ishtirokchilari professional hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi, ammo gʻolib aniq qanday tanlanishi hozircha nomaʼlum.
Eslatib o’tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston madaniyat vakili Fransiyaning «San’at va adabiyot» ordeni bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.