O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb $3 mlrdga oshdi

1-aprel holatiga koʻra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining umumiy qiymati $47,9 milliardni tashkil etib, mart oyida fevral oyiga nisbatan $2,91 milliardga (6,47 foiz) koʻpaydi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.
Regulyatorning ma’lum qilishicha, xorijiy valyutadagi zaxiralar uzoq vaqtdan buyon birinchi marta $10,4 mlrddan oshdi. Bunda bosh ofisi xorijda joylashgan banklardagi aktivlar $203,1 mlrdga yetgan.
«Oʻzbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2025-yilning mart oyida $2,9 milliardga oshdi. Xususan, oltin narxining $2861,40 dan $3120,20 gacha oshishining ta’sirida +$3 mlrdni tashkil etdi», — deyiladi MB xabarida.
Mart oyida oltinning fizik hajmi 11,8 tonnaga kamaygan. Ammo yuqori narx sababli oltin qiymati $2 mlrdga oshib $ 36,9 mlrdni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari fevral oyida $2,03 mlrdga oshib, rekord darajadagi $44,94 mlrdni tashkil etgani haqida yozgandi.