Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi
eʼlon qilindi
Zoyir Mirzayev tavsiyasi bilan

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qildi.
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Nizomiddinov Zaynilobiddin Nizomiddinov nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari tuman kengashi uni tuman hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018-yil avgustidan 2022-yil iyuligacha Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajargan.
Eslatib oʻtamiz, Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim etib tayinlangani haqida yozgan edik.