Prezident Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

eʼlon qilindi
Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi doirasida
Prezident Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoq raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungong boshchiligidagi delegatsiyani ham qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mehmonlar Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 150-assambleyaning muvaffaqiyatli tashkil etilgani va unda prezidentning mazmunli nutq bilan qatnashganini yuksak baholadilar. Bunday yirik xalqaro forumning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatdagi islohotlar va parlament tizimini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning e’tirofi sifatida qayd etildi.

Foto: Foto: President.uz

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik, barqaror rivojlanish, tinchlikni mustahkamlash, «yashil» taraqqiyot va sun’iy intellekt sohalarida qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston arab davlatlari bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishi haqida yozgan edik.

Shuningdek