Shimoliy Koreyada birinchi kompyuter klubi ochildi

Shimoliy Koreyada ilk bor kompyuter klubi ish boshladi. Bu haqda NK News ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, loyiha mamlakat rahbari Kim Chen In tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda kibersport musobaqalari, mashg‘ulotlar va ichki turnirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Internet yo‘q, faqat lokal tarmoqda ishlaydi.
Turnirda g‘olib chiqqanlar «Mehnat qahramoni» unvoni yoki hattoki avtomobil bilan mukofotlanadi. Ammo mag‘lub bo‘lganlar og‘ir jismoniy mehnatga, jumladan, o‘rmon kesishga yuborilishi mumkin.
Bu loyiha hukumatning sodiq fuqarolarga e’tibori va texnologik rivojlanish ko‘rinishi sifatida talqin qilinmoqda. O‘yinlar faqat davlat tomonidan tasdiqlangan dasturlar bilan cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya global bitkoin imperiyasida uchinchi o‘ringa chiqqani haqida yozgan edik.