Shomurodovning goli «Roma»ni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi

eʼlon qilindi
Shomurodovning goli «Roma»ni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi. Foto: Getty Images

Italiya A Seriyasining 31-turidan oʻrin olgan «Roma» va «Yuventus» qarama-qarshiligi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Oʻyin boshida tashabbus mehmonlar tomonida boʻldi va 40-daqiqada Manuel Lokatelli «Yuventus»ni oldinga olib chiqdi. Ammo ikkinchi boʻlim boshida maydonga tushgan Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi.

Oʻyinning qolgan daqiqalari ham qizgʻin kurashlar ostida oʻtdi, lekin darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

45 daqiqa ichida koʻp ishni bajargan Shomurodov 20 marta toʻpga tegib, 13 ta uzatma berdi, ulardan 11 tasi manziliga aniq yetib bordi (85%). Uchrashuv yakunida Shomurodov uchrashuvning yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bundan tashqari, futbolchiga Sofascore platformasi 7,2 ball berib, uni eng yaxshi oʻyinchilar qatoriga kiritdi.

Shuningdek, «Roma» darvozaboni Svilar ham yorqin oʻyin koʻrsatib, 6 marta seyv amalga oshirdi va jamoasini muhim vaziyatlarda qutqardi.

Ma’lumot uchun, mazkur natijadan soʻng «Yuventus» ochkolarini 56 taga yetkazib, 5-oʻringa joylashgan boʻlsa, «Roma» 53 ochko bilan 7-pogʻonada qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodov tanqidchilarga javob qaytargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek