Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Bilet narxi 900 ming so‘m
Yutong
Foto: Transport vazirligi

8-apreldan Rossiyaning Krasnodar shahriga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qatnovlar «Uzautotrans service» korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

Joriy yilining 8-aprel kuni ilk reys «Toshkent» avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 900 ming so‘m. Chiptalarni avtoticket.uz sayti hamda «UzBus» mobil ilovasi orqali elektron shaklda hamda «Toshkent» avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan shahar va viloyatlararo yo‘lovchi tashish bo‘yicha tender e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek