Panorama va Gulbakhor Airways Umra safarlarini tashkil etishda fuqarolarga 25 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan

eʼlon qilindi
Noqonuniy reklama holatlari haqida 1159 ishonch raqamiga murojaat qilish mumkin
umra
Turagentlik xodimi Umraga jo‘natish uchun fuqarodan $2200 olgan / Foto: depositphotos

«Panorama Airways» va «Gulbakhor Airways» firmalari Umra safarlarini tashkil etishda fuqarolarga 25 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, internet va ijtimoiy tarmoqlarda arzon narxlardagi Umra safarlari reklama qilinayotgan bo‘lib, bunday xizmatlarni ko‘rsatayotgan ayrim firmalar hech qanday ruxsatnoma yoki litsenziyaga ega emas.

Jumladan, «Panorama Airways» va «Gulbakhor Airway» firmalari tomonidan 25 mlrd so‘mlik zarar yetkazilib, 2,5 mingdan ziyod fuqarolar jabrlangan.

Surxondaryodagi «Bilolbek Travel» xodimi ruxsatnomasiz Umraga borishni va’da qilib, fuqarodan 14,9 mln so‘mni aldov yo‘li bilan olgan. Shu firmaga qarashli filialdagi yana bir xodim fuqarodan $2,2 mingni qo‘lga kiritgan.

Bu kabi holatlar yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan choralar ko‘rilmoqda.

Fuqarolardan faqat rasmiy litsenziyaga ega turoperatorlar orqali Umra safarlarini amalga oshirishlari so‘ralmoqda. Noqonuniy reklama holatlari haqida 1159 ishonch raqamiga murojaat qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etgan 19 ta turistik kompaniya jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek