Xalqaro yordamlarning qisqarishi onalar o‘limining oshishiga sabab bo‘ladi – BMT

eʼlon qilindi
Homiladorlik va tug‘uruq vaqtida
Xalqaro yordamlarning qisqarishi onalar o‘limining oshishiga sabab bo‘ladi – BMT / Foto: ABC News

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ogohlantirishicha, xalqaro yordam mablag‘larining qisqarishi homiladorlik va tug‘uruq vaqtida ayollar o‘limini kamaytirish borasidagi yillik yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin, deya ma’lum qildi Reuters.

Unga ko‘ra, 2000 – 2023-yillar davomida dunyo bo‘yicha onalar o‘limi 40 foizga kamaygan. Bu natijaga sog‘liqni saqlash xizmatlarining yaxshilanishi sabab bo‘lgan. Biroq AQSh va boshqa donor mamlakatlar tomonidan yordam mablag‘lari qisqartirilayotgani sababli bu yutuqlar xavf ostida qolmoqda.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, qisqartirishlar natijasida ko‘plab mamlakatlarda ona va bola salomatligiga oid xizmatlar kamaygan, tibbiy xodimlar soni qisqargan hamda muhim dorilar ta’minoti uzilgan.

«Homiladorlik hanuzgacha ko‘p mamlakatlarda xavfli hisoblanadi, yechimlar mavjud bo‘lsa-da», – deya ta’kidladi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

2023-yilda har ikki daqiqada bir ayol tug‘uruq yoki homiladorlik bilan bog‘liq asoratlardan vafot etgan. Bu o‘limlarning aksariyati oldini olish mumkin bo‘lgan holatlar edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq USAID sentabrgacha butunlay yopilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek