Yerdan 150 yorugʻlik yili uzoqlikda gʻayrioddiy yulduzlar juftligi topildi

eʼlon qilindi
Bu yulduzlar bir-birini aylanib chiqadi va bir kun kelib birlashadi
Kosmik
Yerdan 150 yorugʻlik yili uzoqlikda gʻayrioddiy yulduzlar juftligi topildi / Foto: Nature.com

Buyuk Britaniyalik olimlar Yerdan atigi 150 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan qoʻsh yulduz tizimini topdi. Bu haqda Nature Astronomy nashrida chop etilgan maqolada soʻz boradi.

Bu yulduzlar bir-birini aylanib chiqadi va bir kun kelib birlashadi. Buning oqibatida kuchli portlash sodir boʻlishi mumkin. Bunday chaqnash tungi osmondagi Oydan 10 marta yorqinroq boʻladi.

Topilgan juftlikning massasi Quyoshning massasidan ortiq boʻlib, bu ularning kelajakda portlashi uchun yetarli. Hozirda ular har 14 soatda bir-birini aylanib chiqadi. Biroq vaqt oʻtishi bilan ular birlashmaguncha tezroq aylanadi. Bu taxminan 23 mlrd yil ichida sodir boʻladi.

Olimlarning taʼkidlashicha, bu tizimning topilishi yirik kashfiyotdir. Ilgari bunday obyektlarni bunchalik yaqin topib boʻlmagan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Quyoshda kuchli chaqnash sodir boʻlgani haqida yozgan edi.

Shuningdek