8-aprel kuni havo harorati o‘rtacha 25-30 daraja bo‘ladi

eʼlon qilindi
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud
8-aprel kuni havo harorati o‘rtacha 25-30 daraja bo‘ladi / Foto: Pexels.com

8-aprel kuni O‘zbekiston hududida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida havo ochiq, shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 13–15, kunduzi 26–28 daraja atrofida bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 10–15, kunduzi esa 23–28 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 10–15, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 13–18, kunduzi 26–31 darajani tashkil etadi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 26–31 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda kechasi harorat 4–9, kunduzi esa 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek