
Germaniyaning Audi va Jaguar Land Rover (JLR) avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari AQSh bozoriga avtomobil yetkazib berishni toʻxtatganini e’lon qildi. Bu haqda Automotive News nashri xabar bermoqda.
Audi va JLR kompaniyalari 2-apreldan keyin AQSh portlariga yetkazib beriladigan Meksika va boshqa xorij bozorlarida ishlab chiqarilgan barcha avtomobillarni yetkazib berishni toʻxtatmoqda. Buning sababi AQShning yangi 25 foizlik tariflaridir. Kompaniya 2-aprelgacha portlarga kelgan mashinalarni ulgurji sotuvchilarga taqsimlashini ma’lum qilgan.

Boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari ham xuddi shunday choralarni qoʻllashmoqda. Amerika bozoriga Jeep rusumli avtomobillarni yetkazib beruvchi Volkswagen kompaniyasi ham AQShga eksportni toʻxtatganini ma’lum qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Audi A6 sedanining suratini taqdim etgani haqida yozgan edi.