Ayan Capital PFG’dan 25 million funt sterling sarmoya oldi

eʼlon qilindi
Avtomobillarni xarid qilishda halol avtokredit xizmatlarini taklif qiladi
Ayan capital
Ayan Capital shariatga muvofiq avtomobillarni moliyalashtirish uchun 25 mln funt sterling oldi / Foto: Ayan.co.uk

Buyuk Britaniyada halal moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan Ayan Capital global xususiy kredit firmasi Partners for Growth’dan (PFG) 25 million funt sterling sarmoya oldi.

Ayan Capital xususiy yollanma va biznes haydovchilari uchun past emissiyali avtomobillarni xarid qilishda halol avtokredit xizmatlarini taklif qiladi. Kompaniya texnologik, komissiyasiz model asosida ishlaydi. Mijoz avtomobilni qayerdan sotib olmasin, to‘g‘ridan to‘g‘ri unga moliyaviy yordam ajratiladi.

Kompaniya yaqinda Ayan Pay platformasini ham ishga tushirdi — bu 0 foizli, 12 oylik to‘lov rejasini taklif etadi. Ushbu xizmat uy yoki avtomobil ta’miri, mebel kabi xarajatlar uchun mo‘ljallangan.

So‘nggi chorakda Ayan Capital moliyalashtirish hajmini 2,2 baravarga oshirdi. Shu bilan birga, muammoli kreditlar darajasi 0 foiz bo‘lib qolmoqda.

Buyuk Britaniyada islomiy moliyaga qiziqish ortib bormoqda. 2023-yilda islomiy bank aktivlari 26 foizga o‘sib, $8,2 mlrdga yetgan bo‘lsa, Fitch Ratings bu ko‘rsatkich yaqin yillarda $15 mlrd ga yetishini taxmin qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Alif kompaniyasi xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasidan $3 mln jalb qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek