Chimyon tog‘larida qor ko‘chkisi yuz berdi
eʼlon qilindi
750 kub metr hajmdagi

2025-yil 5-aprel kuni soat 06:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan oraliqda Chimyon dam olish hududida shimoliy ekspozitsiyada hajmi 750 kub metr bo‘lgan bitta qor ko‘chkisi kuzatildi. Bu haqda Chimyon qor ko‘chki stansiyasiga tayanib, «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hodisa natijasida hech qanday talafot yoki jabrlanganlar qayd etilmadi.
Ma’lumot kechikib taqdim etilayotganiga tog‘li hududlardagi noqulay ob-havo va yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan, deya qo‘shimcha qilgan agentlik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1,5 GVt quvvatga ega «yashil» elektr stansiyalar qurilishi haqida yozgan edik.