Yangiliklar

Chorsudagi do‘konlardan birida kuchli yong‘in chiqdi — video

8-aprel kuni
yong'in
Foto: Videodan qirqib olingan

Bugun, 8-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Chorsu bozori yaqinidagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ertalab soat 07:44 da Olmazor tumanining Saqichmon ko‘chasi, Chorsu bozori yaqinida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘layotgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/04/7258203066_aqoidc7pzxhovzhuasn_dw0msdqlatfchiit188mgf_xnay0wrdj.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari manzilga yetib borib, yong‘inni 10 daqiqa ichida bartaraf qilgan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Izboskandagi gaz portlashi uch kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida yozgandi.