
Qozogʻistondagi Hyundai Trans Kazakhstan avtomobil zavodiga 8,5 mlrd tenge (taxminan $16 mln) miqdorida qoʻshimcha sarmoya kiritildi. Bu haqda Avtopotok nashri xabar bermoqda.
Mablagʻlar payvandlash, boʻyash va yigʻish sexlarini modernizatsiya qilishga sarflangan boʻlib, hozirda bu yerda 11 ta yangi robot ishlamoqda. Bu texnologiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirgan.
Zavod Olmaota shahrida joylashgan boʻlib, unda Tucson, Sonata, Elantra, Santa Fe, Palisade, Staria va Custin modellari ishlab chiqariladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai yangi mashinalar uchun bepul xizmat koʻrsatish dasturini toʻxtatgani haqida yozgan edi.