O‘zbekiston Xitoy qiruvchi samolyotlariga qiziqmoqda

eʼlon qilindi
Narxi $15 mlndan $25 mlngacha
O‘zbekiston Xitoy qiruvchi samolyotlariga qiziqmoqda / Foto: QUWA

O‘zbekiston armiyasi Xitoyda ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlarni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Defence Blog.

Ma’lumotga ko‘ra, respublika JF-17 Thunder samolyotlarini xarid qilishi mumkin. Bu samolyot Xitoy va Pokiston aviatsiya ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

JF-17 Thunder hozirda Ozarbayjon, Pokiston, Myanma va Nigeriya armiyalarida xizmat qilmoqda. Samolyot narxi modifikatsiyasiga qarab $15 mlndan $25 mlngacha baholanadi.

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, Toshkent beshinchi avlod J-35 qiruvchisini sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq harbiy ekspertlar fikricha, Pekin ushbu samolyotni boshqa mamlakatlarga sotmoqchi emas, bundan tashqari J-35 hali endi Xitoy armiyasiga topshirilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa kuchlari tarkibida Su va MiG rusumidagi turli modifikatsiyadagi samolyotlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oʻzbekistonlik harbiylar AQShda oʻtkazilgan musobaqada toʻrtta rekord oʻrnatgan edi.

Shuningdek