O‘zbekistonda 1,5 GVt quvvatga ega «yashil» elektr stansiyalar quriladi

eʼlon qilindi
Bu bo‘yicha kelishuvlar Samarqanddagi forum doirasida imzolandi
O‘zbekistonda 1,5 ming MVt quvvatga ega «yashil» elektr stansiyalar quriladi / Foto: Unsplash

Samarqandda o‘tkazilayotgan iqlim forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi umumiy quvvati 1 500 MVt bo‘lgan ikki «yashil» elektr stansiyani qurish bo‘yicha kelishuvlar imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 1 000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi barpo etiladi. Ushbu loyiha uchun SANY Renewables International Investment investitsiya kompaniyasi mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, China Electrical Equipment International Company tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.

Samarqand iqlim forumida so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev Toshkent «yashil energetika» ulushini 54 foizgacha oshirish, shuningdek, issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga kamaytirish niyatida ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT ekspertlari O‘zbekistonga cho‘llanishga qarshi kurashishda yordam berishi haqida yozgan edik.

Shuningdek