
O‘zbekistonlik hakamlar 10-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan OFK chaqiruv ligasi 2024/25-yilgi mavsum yarim final bahsida ish olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Mazkur o‘yinda Kambodjaning «Svay Rieng» jamoasi Indoneziyaning «Madura Yunayted» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvni boshqarish Asker Najafaliyevga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordam beradi. Firdavs Norsafarov esa to‘rtinchi hakam sifatida faoliyat yuritadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 Osiyo kubogida O‘zbekiston Tailand ustidan ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.