
Samsung smartfonlari Android operatsion tizimining (OT) yangi versiyasini rejalashtirilganidan ertaroq qabul qiladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Samsung ishlab chiqaruvchilari allaqachon Android 16ʼni sinovdan oʻtkazgan. Yangi operatsion tizimni birinchi boʻlib yoz oxirida chiqariladigan Galaxy Z Flip 7 va Galaxy Z Fold 7 modellari oladi.
Androidning yangi versiyasi One UI 8.0 qobigʻi bilan birga paydo boʻladi. Android 16’ning ommaga e’lon qilinishi joriy yilning 20-mayiga rejalashtirilgan Google I/O tadbirida kutilmoqda. Samsung iyun-iyul oylarida One UI 8.0 bilan Android 16 ning bir nechta beta-versiyalarini chiqarishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S20, S20 Plus va S20 Ultra uchun muhim yangilanishni taqdim etgani haqida yozgan edi.