Toyota o‘zining Century yo‘ltanlamasini taqdim etadi

8-aprel 2025 11:46 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Toyota Century
Toyota o‘zining Century yo‘ltanlamasini taqdim etadi / Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi 23-aprel kuni ochiladigan Shanxay avtosalonida o‘zining yangi avlod Century yo‘ltanlamasini jamoatchilikka namoyish qiladi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Xitoy bozorida «Shiji» nomi bilan tanilgan ushbu model kompaniyaning lyuks toifasidagi avtomobillari safidan o‘rin oladi. Yangi Century seriyasi an’anaviy qora kuzovi va xrom aksentlari bilan ajralib turadi. Old qismida katta havo tortuvchi panjara, zamonaviy LED faralar va Century seriyasining o‘ziga xos Phoenix logotipi joylashgan.

Avtomobil o‘lchamlari 5205 x 1990 x 1805 mm bo‘lib, 2950 mm g‘ildirak bazasi salonning keng va qulay bo‘lishini ta’minlaydi. Model gibrid tizim asosida harakatlanadi: 3,5 litrli V6 benzin dvigateli ikkita elektromotor bilan birgalikda ishlaydi.

Umumiy quvvat 303 kVtni tashkil etadi. U E-CVT uzatmalar qutisi va E-Four to‘liq yurish tizimi bilan jihozlangan.

Century 2025 faqat elektrda 70 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 6,7 soniyada chiqadi, maksimal tezlik esa 180 km/soat bilan cheklangan.

Model narxi hozircha oshkor etilmagan, ammo oldingi avlod Century avtomobillarining bahosi $270 mingdan boshlangan. Toyota ushbu model orqali yuqori toifadagi mijozlar ehtiyojiga mos yechim taklif etishni maqsad qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota Land Cruiser arzon modeli qachon taqdim etishi ma’lum qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek