Ukraidagi frontda rus armiyasi tomonidan jang qilishga undagan oʻzbekistonlikka sud hukmi oʻqildi
eʼlon qilindi
Hukm Andijon viloyat sudi tomonidan chiqarilgan

Andijon viloyatida yashovchi fuqaro vatandoshlarini Rossiya armiyasiga jalb qilgani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
39 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi aholini Ukrainadagi harbiy mojaroda Rossiya tomonida qatnashishga chaqirgan. Uning sherigi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlgan. Oʻzbekistonlik u bilan 2024-yilning yanvarida til biriktirgan. U sudda oʻz aybiga iqror boʻlgan.
Mahkum Jinoyat kodeksining 154-modda 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va yetti yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiya va Ukraina 373 nafar asirni almashishi haqida yozgan edi.