
Fransiya – Polsha Webellian IT kompaniyasi Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtdi va Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotlarni tahlil qilish va bulutli texnologiyalar bilan ishlashga ixtisoslashtirilgan. Kompaniya vakillari iqtidorli mutaxassislarning koʻpligi va soliq imtiyozlari tufayli Oʻzbekistonni tanlaganliklarini ma’lum qilgan.
Webellianʼning Oʻzbekistondagi boʻlimi kompaniyaning Yevropa va Markaziy Osiyodagi mijozlarga xizmat koʻrsatish markaziga aylanadi. Kompaniya mahalliy dasturchilarni yollash va IT Park ekotizimining bir qismiga aylanishni rejalashtirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yandex Uzbekistan talaba va IT mutaxassislari uchun 65 mln soʻmlik musobaqa e’lon qilgani haqida yozgan edi.