
Xitoyda Xiaomi kompaniyasi arzon va funksional yangi muzlatkichini – Xiaomi Mijia 215L modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, atigi $125 baholangan ushbu muzlatkich uchta harorat zonasiga ega bo‘lib, umumiy hajmi 215 litrni tashkil etadi.

Kompakt o‘lchamlari bilan ajralib turuvchi muzlatkichning balandligi 1700 mm, kengligi esa bor-yo‘g‘i 505 mm. Qurilma 37 dB darajadagi past shovqini bilan deyarli sezilmaydi. Haroratni elektron boshqaruv tizimi orqali 2°C dan 8°C gacha sozlash mumkin.
Eslatib o‘tami, avvalroq Xiaomi arzon Poco C71 smartfonini taqdim etgan edi.