Yevrokomissiya Amerikaning bir qator tovarlariga 25 foizlik bojlarni joriy etishni taklif qildi

Yevropa Komissiyasi Donald Trampning po‘lat va alyuminiy bojlarga javoban AQSh tovarlariga 25 foiz boj joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi bojlarning bir qismi 16-maydan, qolganlari esa 1-dekabrdan kuchga kiradi. Qoʻshimcha soliq solinadigan tovarlar roʻyxatiga olmos, kolbasa, tuxum, yongʻoq va soya kiradi.
Yevropa Ittifoqining savdo boʻyicha komissari Marosh Shefchovich 7-aprel kuni yangi bojlar ilgari koʻzda tutilganidan kamroq miqdordagi tovarlarga taalluqli boʻlishini aytdi.
Avvalroq Yevrokomissiya burbonga 50 foizlik boj joriy etishni koʻrib chiqqandi, bu esa Trampning keskin munosabatiga sabab boʻldi. U Yevropa alkogolli ichimliklariga 200 foizlik javob bojlari bilan tahdid qildi.
Agar bunday bojlar kiritilsa, Fransiya va Italiya eng koʻp zarar koʻrgan davlatlar qatoriga kirishi mumkin edi. Shu sababli Yevrokomissiyaning yakuniy rezolyutsiyasidan burbon, vino va sut mahsulotlari chiqarib tashlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy AQSh tovarlariga 34 foiz boj joriy qilayotgani haqida yozgan edi.