1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

2025-yil 1-maydan boshlab aholi 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi iste’moli uchun endi 900 so‘m emas, 800 so‘m to‘laydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu o‘zgarish 2024/2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish bo‘yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan grafik asosida amalga oshirilmoqda. Avval ushbu toifadagi energiya uchun 900 so‘m to‘lov belgilangandi, yangi tarif esa iste’molchilar uchun sezilarli yangillik yaratadi.
Yangi tartibga binoan, bir oyda o‘rtacha 500 kVt·soat elektr energiyasi sarflaydigan xonadon ilgari 360 ming so‘m to‘lardi. Tariflar yangilanganidan keyin ham to‘lov miqdori o‘zgarmaydi – 200 kVt·soat uchun 120 ming so‘m, 201 – 500 kVt·soat oralig‘i uchun esa 240 ming so‘m, jami 360 ming so‘m to‘lanadi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1 maydan inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, 10 foizdan oshmagan holda indeksatsiya qilib boriladi. Bu esa narxlarning barqarorligini saqlab qolish va aholi uchun moliyaviy bosimni kamaytirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1,5 GVt quvvatga ega «yashil» elektr stansiyalar qurilishi haqida yozgan edik.