O‘rta segmentda 2025-yilning eng yaxshi elektromobili aniqlandi

9-aprel 2025 10:34 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
2025-yilning eng yaxshi elektromobili aniqlandi
2025-yilning eng yaxshi elektromobili aniqlandi / Foto: renaultgroup.com

Fransiyaning Renault kompaniyasi EV van het Jaar 2025 tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda 32cars.ru nashri xabar berdi.

Renault 5 o‘rta segmentda yilning eng yaxshi elektromobili deb topildi. Ushbu mukofot AutoWeek, LeasePlan va boshqa soha vakillari ishtirokida har yili tashkil etiladi.

Tanlov hay’ati avtomobillarni baholashda 9 ta asosiy mezonni inobatga oldi. Bular zaryad masofasi, quvvat olish tezligi, narxi, boshqaruv sifati, qulaylik darajasi, savdo natijalari va boshqa ko‘rsatkichlar.

Renault 5 o‘z raqobatchilari – Opel Corsa va Volvo EX30’ni ortda qoldirib, hamyonbop va zamonaviy elektromobillar 2025-yilda ham mavjudligini isbotladi.

Shuningdek, Hyundai Inster 2025-yilning istiqbolli modeli sifatida alohida e’tirof etildi. Garchi bu model hali barcha mezonlar bo‘yicha baholanmagan bo‘lsa-da, uning arzonligi va texnik ko‘rsatkichlari katta umid uyg‘otmoqda.

Mazkur tanlov natijalari elektromobil sotib olishni rejalashtirayotganlar yoki shahar uchun ekologik transport izlayotganlar uchun muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning eng ishonchli elektromobillari haqida yozgandi.

Shuningdek