2040-yilgacha iqtisodiyotda turizm ulushi 7 foizga yetkaziladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini rivojlantirishga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda
Shavkat Mirziyoyev, turizm
2040-yilgacha iqtisodiyotda turizm ulushi 7 foizga yetkaziladi / Foto: Prezident matbuot xizmati

2040-yilgacha iqtisodiyotda turizm ulushi 7 foizga yetkaziladi. Bu haqda 9-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini rivojlantirishga doir yig‘ilishda malum qilindi.

Prezident so‘nggi uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlarida $10 trlnga teng mablag‘ yo‘qotilgani, bu holatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham bevosita ta’siri bo‘lishini ta’kidladi.

«Bu tebranishlar bizga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylaganlar adashadi. Axir bu mablag‘larni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelishi mumkin edi-ku!», – dedi u.

Shuningdek, yig‘ilishda turizm sohasidagi yutuqlar va rejalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Oxirgi yillarda turizm eksporti 1,6 baravar oshib, $3,5 mlrdga yetgani, 2 mingdan ortiq yangi tadbirkorlar bu sohada ish boshlagani qayd etildi. 2024-yilda xorijiy sayyohlar soni ilk bor 10 millionlik marrani zabt etdi.

So‘nggi 8 yil ichida turizm va servis infratuzilmasiga $6,5 milliard sarmoya jalb qilinib, 130 mingta mehmonxona o‘rni yaratildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilda yana 30 mingga ortadi.

Yana bir muhim loyiha sifatida Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi «Oltin bel» cho‘qqisida xalqaro darajadagi tog‘-chang‘i zonasi barpo etilayotgani, fransuzlarning «Kurshavel» kurorti kabi brendlar O‘zbekiston tog‘li hududlariga katta qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

«Bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Boy tarixiy-madaniy merosimiz, go‘zal va betakror tabiatimiz sayyohlarni 2-3 karra oshirishga yetadi», – dedi prezident.

Shuningdek, 2040-yilgacha turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar belgilandi. Unga ko‘ra, turizmning iqtisodiyotdagi ulushi 7 foizga, soha eksporti esa $10 mlrdga yetkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasida madaniy-turistik almashinuvlar amalga oshirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek