Apple yetkazib beruvchisi ishlab chiqarishni Xitoydan tashqariga ko‘chirmoqchi

eʼlon qilindi
AQShning tarif bojlariga javoban
Apple yetkazib beruvchisi ishlab chiqarishni Xitoydan tashqariga ko‘chirmoqchi / Foto: RPRNA

Apple yetkazib beruvchisi Luxshare kompaniyasi AQShning yangi boj siyosatiga javoban ishlab chiqarishni Xitoydan tashqariga, shu jumladan, AQShga ko‘chirishni o‘ylamoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya raisi Vang Laychunning so‘zlariga ko‘ra, Luxshare AQShga tayyor mahsulotlarni ko‘p eksport qilmaydi, shuning uchun bojlarning daromadga katta ta’siri yo‘q, ammo kompaniya Xitoydagi ba’zi sarmoyaviy loyihalarni to‘xtatib, xorijda ko‘proq investitsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Vang agar tijorat kafolati taqdim etilsa, AQSh bozorining ehtiyojlarini qondirish uchun ba’zi mahsulotlarni mahalliylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqishlarini aytgan. Luxshare hozirda Malayziya, Tailand, Vyetnam, AQSh va Meksikada ishlab chiqarish va tadqiqot markazlariga ega.

Kompaniya, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoda sarmoyani kengaytirishni o‘ylamoqda, lekin Hindistonga chiqishni rejalashtirmayapti. Bojlar masalasi esa mijozlar bilan raqobatbardoshlikni oshirish uchun hamkorlikni davom ettirishga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp migrantlarga kuniga $998 jarima solmoqchi ekanligi haqida yozgan edik.

Shuningdek