AQSh va O‘zbekiston foydali qazilmalar sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzoladi

eʼlon qilindi
Foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilinadi
AQSh va O‘zbekiston
AQSh va O‘zbekiston foydali qazilmalar sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzoladi / Foto: jonnyseek / www.depositphotos.com

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiya AQShda bo‘lib, foydali qazilmalar sohasida hamkorlik bitimi imzolashdi.

7-aprel kuni delegatsiya tog‘-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvlar yakunida foydali qazilmalar sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Kelishuvlarga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash komplekslarini qurish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha rejalar belgilandi.

Shuningdek, mehmonxonalar qurilishi bo‘yicha ham turizm sohasida yangi loyihalar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish muddatlari kelishib olindi.

Ayni paytda imzolangan kelishuvlarning tafsilotlari ochiqlanmagan. Barcha loyihalar bo‘yicha mas’ul loyiha menejerlari tayinlangan va kelishuvlar tegishli hujjatlar bilan huquqiy jihatdan mustahkamlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatdagi BAA kompaniyalari investitsiya hajmi $20 milliardga yetgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek