Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

10-apreldan 12,93 so‘mga oshadi
Foto: depositphoto.com

10-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 12,93 so‘mga oshib, 12 973,31 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 900 – 12 950 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 970 – 13 035 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 176,29 so‘mga oshib, 14 329,02 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,73 so‘mga tushib, 151,19 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.