
Xitoy importiga e’lon qilingan 104 foizlik bojlar Pekin Vashington bilan kelishuvga erishmaguncha oʻz kuchida qoladi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
Donald Trampning fikricha, xitoyliklar albatta shartnoma tuzadi, chunki ular kelishuvga erishmoqchi.
«Ular biz bilan bitim tuzmagunicha, shunday boʻladi», – degan AQSh rahbari.
Tramp hokimiyatga kelmasidan oldin Xitoyga savdo bojlarini oshirish bilan tahdid qilgan edi. 2025-yilning birinchi choragida AQSh bir qator davlatlardan olib kirilayotgan mahsulotlarga qo‘shimcha import bojlari joriy etdi. Ushbu choralar Xitoyni ham o‘z ichiga oldi.
Avvalroq Tramp Xitoyga 50 foizlik yangi bojlar joriy qilinishi haqida qayd etgan edi.