Endi limon issiqxonalari uchun yerlar imtiyozli davr bilan taqdim etiladi

O‘zbekistonda limon yetishtirishga ixtisoslashtirilgan hududlarda ixcham issiqxonalar quriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bunday issiqxonalar qurish uchun yer uchastkalari 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha sotish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, xorijdan limon mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini olib kelish va lizing asosida tadbirkorlarga taqdim etiladi.
Qaror, shuningdek, Norin, Shahrisabz, Uchko‘prik va Denov tumanlarida ilmiy asosda limon yetishtirishga ixtisoslashtirilgan mahallalar tashkil etish, 1 mln dona sifatli limon ko‘chatini yetishtirishni rejalashtirmoqda. 2025-yil oxirigacha limon yetishtiriladigan yer maydonlari to‘liq tekshiriladi va ma’lumotlar «Online mahalla» platformasiga kiritiladi.
Limonchilik sohasida rivojlanish uchun innovatsion loyihalar tanlovi e‘lon qilinishi esa sohani yanada rivojlantirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-apreldan yer uchastkalari uchun ijara huquqini olish bo‘lib-bo‘lib to‘lanmasligi haqida yozgan edik.