Ipoteka xizmati group va Tasfinanse mikromoliya tashkiloti moliyaviy jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Reklama e’lonlarida qonun talablari buzilganligi uchun
Mikromoliya
Ipoteka xizmati group va Tasfinanse mikromoliya tashkiloti moliyaviy jarimaga tortildi / Foto: Yandex.uz

Ipoteka xizmati group va Tasfinanse mikromoliya tashkiloti reklama e’lonlarida qonun talablari buzilganligi uchun moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, ayrim reklama e’lonlarida qonun talablari buzilgani aniqlandi.

Jumladan, Ipoteka xizmati group MCHJ va Tasfinanse mikromoliya tashkilotining OAVda e’lon qilingan reklamalarida «eng ishonchlisi va eng qadrlisi», «eng past foiz evaziga 300 million so‘mgacha qarz oling» kabi jumlalar qo‘llanilgan.

Ushbu ifodalar bo‘rttirilgan va tasdiqlanmagan ustunlikni bildirganligi uchun reklama qonunchiligiga zid deb topildi. Natijada ikki tashkilotga nisbatan moliyaviy jarimalar belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan birjada asossiz olingan 80 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar qaytarilgani haqida yozgandi.

Shuningdek