Migratsiya agentligi toʻrtta davlatdagi vakolatxonalariga xodim izlamoqda

eʼlon qilindi
Xorijiy tillarni bilish talab qilinadi
Migratsiya agentligi
Migratsiya agentligi toʻrtta davlatdagi vakolatxonalariga xodim izlamoqda / Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi toʻrtta davlatdagi vakolatxonalariga xodim izlamoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasiga muzokaralar olib bora oladigan va xorijiy tillarni biladigan (ingliz, koreys va rus tillari) rahbar va mutaxassis qidirilmoqda.

Rus va ingliz tilini yaxshi biladigan ijobiy xislatga ega nomzodlar Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston davlatlaridagi, rus, ingliz tili bilan bir qatorda yapon tilida ham bemalol suhbatlasha oladigan nomzodlar esa Yaponiyadagi vakolatxonalarga hujjat yuborishi mumkin.

Shuningdek, Germaniya ish beruvchilari bilan muzokaralar olib borish uchun nemis tilida muloqot qila oladigan mutaxassislar ham oʻzlarini sinab koʻrsa boʻladi.

Nomzodlarga xalqaro munosabatlar, yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya kabi yoʻnalishi boʻyicha bakalavr talabi qoʻyiladi.

Nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri oʻzbekistonliklar Kanadaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek