
Yangi BMW X3 M50 taqdimoti Milanda Salone del Mobile 2025 koʻrgazmasi doirasida boʻlib oʻtdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.
Modelning gʻildiragi 21 dyuymni tashkil etadi. Kapot ostida 393 ot kuchiga ega 3,0 litrli B58 turbo dvigatel mavjud. Krossoverning 100 km/soat tezlashishi 4,4 soniyani tashkil qiladi.
Yangi avlod X3 M50 oʻzining sport dinamikasiga sodiq qolib, ularni raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashtirgan.

Taqdimot dizayn va texnologiyaning yangi tendensiyalariga bagʻishlangan «Vibrant Transitions» koʻrgazmasi doirasida boʻlib oʻtgan.
Ishlab chiqaruvchilarning ma’lum qilishicha, BMW X3 M50 AQShda $64,7 mingdan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD 9-aprel kuni ikkita yangi modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.