Noqulay iqlim sharoitida ishlovchi budjet xodimlariga ustama to‘lanadi

eʼlon qilindi
0,5 foizdan 0,75 foizgacha
Noqulay iqlim sharoitida ishlovchi budjet xodimlariga ustama to‘lanadi / Foto: Pexels.com

Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlarida va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasida faoliyat yuritayotgan budjet tashkilotlari xodimlariga ish stajidan kelib chiqqan holda oylik ustama belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 3 yilgacha stajga ega bo‘lganlarga lavozim maoshining 0,25 foizi, 3 yildan 5 yilgacha bo‘lganlarga 0,5 foizi, 5 yildan ortiq stajga ega bo‘lganlarga esa 0,75 foizi miqdorida ustama to‘lanadi. Ustama olish huquqini beruvchi ish stajiga xodimning real ishlagan davri, qonunchilikka ko‘ra ish joyi saqlanib qolgan davr hamda ayrim kon sanoati korxonalaridagi ish tajribasi ham kiritiladi.

Ushbu tartib noqulay sharoitda mehnat qilayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilishi haqida yozgan edik. 

Shuningdek