O‘zbekiston bilan hamkorlik yanada kengaymoqda – AQSh davlat departamenti

eʼlon qilindi
AQSh o‘z pozitsiyasini bildirdi
O‘zbekiston va AQSh hamkorligi yanada kengaymoqda / Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Vashingtonda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau va O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov uchrashdi. Bu haqda AQSh davlat departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga doir AQSh pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladilar.

Uchrashuvda fuqarolik atom energetikasi, foydali qazilmalar va boshqa iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, AQSh noqonuniy immigratsiyaga va terrorizmga qarshi kurashdagi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh bozorida O‘zbekiston mahsulotlariga talab oshishi haqida yozgan edik.

Shuningdek