Qozogʻiston tuxum importini taqiqladi

Qozogʻiston 9-apreldan boshlab tovuq tuxumini olib kirishga olti oylik taqiq joriy qildi. Bu haqda Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar bermoqda.
Cheklovlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish bilan izohlangan. Importni taqiqlash barcha mamlakatlardan, shu jumladan, YOII davlatlaridan yetkazib beriladigan mahsulotlarga ta’sir qiladi. Qozogʻiston orqali tranzit yuklar bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Qozogʻiston 88,2 million tovuq tuxumini import qilgan. Ta’minotning asosiy qismi rus ishlab chiqaruvchilari tomonidan ta’minlangan. Oʻzbekiston Qozogʻistonga $53 ming qiymatdagi 720 ming dona tovuq tuxumini eksport qilgan.
Shuningdek, oʻtgan yili Oʻzbekiston Qozogʻistonga $5,3 mlnga inkubatsiya uchun 5,3 mln dona tovuq tuxumi sotgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda Oʻzbekistonning boʻsh vagonlari harakatiga cheklov qoʻyilgani haqida yozgan edi.