Qozog‘istonda xalqaro to‘lov kartalari soni keskin kamaydi

Qozog‘istonda xalqaro to‘lov kartalari soni 2025-yilning fevral oyida 4,6 foizga qisqardi.
1-mart holatiga ko‘ra, mamlakatda jami 54,1 mln dona bank kartasi muomalada bo‘lib, bu 2022-yil boshidan beri qayd etilgan eng katta pasayishdir. O‘sha davrda rossiyaliklar Visa va Mastercard kompaniyalari Rossiyani tark etganidan so‘ng Qozog‘istonda ommaviy ravishda kartalar ochishni boshlagan edi.
Bunday keskin pasayishga sabab sifatida norezidentlar uchun kartalarni chiqarish qoidalarining kuchaytirilgani ko‘rsatilmoqda. 2025-yil yanvaridan boshlab, Qozog‘iston Moliya bozorini tartibga solish agentligi chet elliklarga 12 oydan ortiq muddatga karta ochishni taqiqlagan.
Bundan tashqari, endi bir bankda 5 tadan ortiq yoki uchta bankda 3 tadan ortiq karta ochish faqat tekshiruvdan o‘tgandan keyin ruxsat etiladi.
Yuridik ekspert Yuriy Mirzoyevning fikricha, banklar yangi cheklovlarga mos kelmaydigan ko‘plab, jumladan, norezidentlarga tegishli kartalarni yopishni boshlagan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda xorijliklarga toʻlov kartalarining amal qilish muddati 12 oy etib belgilangani haqida xabar bergan edi.