Samsung Galaxy S20 seriyasi uchun yangilanishlar to‘xtatildi

9-aprel 2025 12:51 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Samsung Galaxy S20 seriyasiga
Samsung Galaxy S20 seriyasi uchun yangilanishlar to‘xtatildi / Foto: Sammobile

Samsung o‘zining mashhur Galaxy S20, S20 Plus va S20 Ultra flagmanlari uchun rasmiy dasturiy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Chiqarilganiga besh yil to‘lgan ushbu modellarga endi xavfsizlik yangilanishlari ham yuborilmaydi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Bunga qo‘shimcha ravishda Galaxy A32, Galaxy A52 5G Enterprise Edition hamda Galaxy A72 smartfonlari ham yangilanishlar ro‘yxatidan chiqarildi. A52 va A72 o‘rta toifadagi smartfonlar bo‘lishiga qaramay o‘z vaqtida yuqori yangilanish tezligiga ega ekranlari va 5G qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turgan edi.

Galaxy S20 seriyasi besh yil yangilanish olgan bo‘lsa, o‘rta sinfdagi modellar uchun bu muddat to‘rt yil bilan cheklangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy XCover 7 Pro modelining taxminiy narxi ma’lum qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek