Toyota Camry 2025 modelini taqdim etdi

9-aprel 2025 16:33 eʼlon qilindi

(9-aprel 2025 22:43 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Toyota Camry 2025 modeli taqdim etildi. Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi Camry 2025 mashhur sedan modelining yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Model ilg‘or TSS 3.0 PRO haydash tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim xavfsizlik va qulaylikni oshiradi, haydovchini faol kuzatadi. Modelda rul ushlanmasa, ogohlantiruvchi tizim avtomatik ishlaydi.

Yangi Camry 2,5 litrli gibrid dvigatel bilan taqdim etilmoqda. Narxi 169,8 ming yuan, ya’ni taxminan $23 ming etib belgilangan. Bu narxga 50 ming yuan ($7 ming) chegirma kiritilgan. Chegirma 2025-yil iyunigacha amal qiladi.

Smart Driving versiyasi Premium va Sport Plus modellari asosida ishlab chiqilgan. Avtomobil sensorli rul, haydovchi holatini nazorat qiluvchi kamera bilan ta’minlangan. Bunday tizim rulni qo‘yib yuborish kabi holatlarni aniqlaydi. Haydovchi charchaganida ogohlantiradi va xavfni kamaytiradi.

Toyota Camry 2025 modeli taqdim etildi. Foto: Toyota

TSS 3.0 PRO tizimi 20 ta sensor yordamida ishlaydi. Tizimda 5 millimetrli radar, 8 ta ultratovushli radar mavjud. Shuningdek, 4 ta kamera, salon va rulda kuzatuv datchiklari mavjud. Tizim 360 daraja ko‘rishni ta’minlaydi, yuzni aniqlaydi va qator almashtiradi.

Toyota’ning ma’lumotiga ko‘ra, bu tizim to‘qnashuv xavfini 4 foiz kamaytiradi. Shuningdek, raqamli kalit, shaffof shassi kabi funksiyalar ham mavjud. Ular haydovchi xavfsizligini va boshqaruvni soddalashtirishga xizmat qiladi.

Tashqi ko‘rinish borasida katta o‘zgarishlar kutilmayapti. Kompaniya dizayn deyarli o‘zgarmasligini bildirgan. Avtomobil o‘lchamlari 4950 x 1850 x 1450 mm. G‘ildirak bazasi 2825 mm, quvvati 228 ot kuchiga teng.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota o‘zining Century yo‘ltanlamasini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek