Trampning bojlari sabab dunyo boylari milliardlab dollar yoʻqotmoqda

eʼlon qilindi
Savdo indekslarida aksiyalar pasaymoqda
Savdo indeksi
Foto: Depositphotos

Xitoy va dunyo magnatlari Trampning bojlari sabab milliardlab dollar yoʻqotmoqda. Bu haqda Forbes nashrida malum qilindi.

Dushanba kuni Xitoyning Anxuy provinsiyasiga qarashli Fuyang shahrida A-toifadagi aksiyalar narxi keskin pasaydi. Xuddi shu kuni Shanxay va Shenchjenda ro‘yxatga olingan kompaniyalarni kuzatuvchi CSI 300 indeksi savdolar davomida 7,5 foizga, Gonkongning Hang Seng indeksi esa 10,5 foizga kamaydi.

Shuningdek, millarder Ma Xuateng AQShning tariflari natijasida $4,5 mlrd yoʻqotgan. Xiaomi asoschisi Ley Junning boyligi $4,2 mlrd va BYD hammuassisi Van Chuanfuning boyligi esa $2,5 mlrdga kamaygan.

Milliarderlarning zararlari faqat Xitoyda emas, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlarda ham kuzatilmoqda. Yaponiyalik milliarder Masayoshi Sonning sof boyligi $2,1 mlrdga kamaygan. Eng yuqori pastlashlardan biri Hindistonlik Mukesh Ambaniga tegishli boʻlib, u qisqa vaqt ichida qariyb $5,4 mlrd yoʻqotgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Donald Trampning boyligi uning davlat kompaniyalari va xususiy xoldinglaridagi aktivlari qiymatining pasayishi tufayli salkam $600 mlnga kamaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek