Kapsula uylar qurish va jihozlashga 10 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Turizm jamg‘armasi tomonidan kapsulali uylarni qurish va jihozlash uchun har bir loyihaga 10 mln so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilanmoqda. Bu haqda prezident yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Shuningdek, ko‘pchilik hokimlar turizmning yirik iqtisodiy yo‘nalish sifatida tutgan o‘rnini hanuzgacha tushunib yetmasligi tanqid qilindi.
Ta’kidlanishicha, sayyohlik mavsumi boshlanganiga bir oy bo‘lgan bo‘lsa-da , kapsulali uylardan iborat turistik maskan faqat Qashqadaryoning Kitob tumanida ochildi. Qolgan 35 tuman va shahar hokimlari bu borada chora-tadbirlar amalga oshirmagan.
Shu bilan birga, sayyohlarning Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan o‘tgan asosiy va ichki yo‘llar ahvolidan noroziligi aytildi. Mas’ullarga «turizm halqasi» tarkibiga kiruvchi yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha aniq hisob-kitoblar asosida amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2040-yilgacha iqtisodiyotda turizm ulushi 7 foizga yetkazilishi haqida yozgandi.