
Volvo yoʻltanlamas ishqibozlar uchun moʻljallangan EX30 Cross Country krossoverining yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Ushbu mashina brendning Cross Country liniyasidagi birinchi elektr avtomobilidir. Model klirensining 19 mm ga oshdi. Uning shinalari old va orqa sirpanishga qarshi plitalar bilan mustahkamlangan korpus himoyasiga ega.
EX30 Cross Country 69 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan boʻlib, umumiy quvvati 422 ot kuchiga ega. Akkumulyator ikkita elektr motorini quvvatlantiradi. Model notekis sirtlarga, jumladan, loy va qorga moslashtirilgan.

Qora radiator panjarasi, boʻrttirma bamperlar va qoʻshimcha loydan himoya vositalari tufayli dizayn toʻldirilgan. Unga 19 dyumli gʻildiraklar, baydarka oʻrnatish moslamalari ham oʻrnatilgan.
Ushbu modelning narxi Buyuk Britaniyada 47 ming funt sterling (taxminan $60 ming) turadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volvo ES90 taqdim etilgani haqida yozgan edi.