Xalqaro moliya institutlari O‘zbekistondagi loyihalarga $1,5 milliard ajratdi

eʼlon qilindi
Andijon, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi loyihalarga
Xalqaro moliya institutlari O‘zbekistondagi loyihalarga $1,5 milliard ajratdi / Foto: Money Digest

2025-yilning birinchi choragida Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi tashkilotlar vakillari bir necha viloyatlarda 200 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashdi va 1,5 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtirishga kelishildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, banklar xorijdan $1,2 mlrd jalb qildi. Mablag‘larning ko‘pi Andijon, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi loyihalarga yo‘naltirildi. Qolgan hudud rahbarlari ham faol bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Endi banklar jalb etilgan mablag‘ haqida hokimlarga ma’lumot beradi, hokimlar esa tadbirkorlar tayyorlagan loyihalarni banklarga taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kapsula uylar qurish va jihozlashga 10 mln so‘mgacha subsidiya ajratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek