Zambiya parlamenti kotibi Toshkentda vafot etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasida ishtirok etgan
Zambiya parlamenti kotibi Toshkentda vafot etdi
Zambiya parlamenti kotibi Toshkentda vafot etdi / Foto: Zambiya Milliy Assambleyasi

Zambiya milliy assambleyasi kotibi Roy Mukoba Ngulube Toshkentga tashrifi chog‘ida vafot etdi. Bu haqda Zambiya parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, u 7-aprel kuni soat 20:35 da (O‘zbekiston vaqti bilan) qisqa davom etgan kasallik sabab hayotdan ko‘z yumgan. U Zambiya milliy assambleyasi kotibi lavozimidagi ma’muriy xodim bo‘lgan.

Roy Mukoba Ngulube 2023-yil sentabr oyidan buyon Zambiya milliy assambleyasida kotib lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan jurnalist Jasur Hamroyev qand kasalligidan vafot etgani haqida yozgandi.

Shuningdek