BYD Tang L modeli rasman sotuvga chiqarildi – foto

10-aprel 2025 10:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
BYD Tang L
BYD Tang L modeli rasman sotuvga chiqarildi / Foto: ItHome

BYD Tang L modeli rasman sotuvga chiqarildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Yangi avtomobil BYD kompaniyasining yangi Super e platformasi texnologiyasiga asoslangan. Model yuqori sifatli akkumulyatorlar, megavattli flesh-zaryadlash tizimi bilan jihozlangan. Uning 5 daqiqalik quvvati bilan 400 kmgacha masofani bosib oʻtish mumkin.

BYD Tang L
Foto: ITHome

Tashqi koʻrinish jihatidan Tang L «Loong Face» dizayn tilidan foydalanadi. U 20 dyuymli past tortishishli gʻildiraklar, ixtiyoriy 21 dyuymli gʻildiraklardan iborat.

Tang L ning uzunligi, kengligi va balandligi mos ravishda 5040/1996/1760 mm, gʻildirak bazasi esa 2950 mmni tashkil etadi. Yangi modelda BYD va DJI tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan Lingyuan dron versiyasini ham taqdim etiladi. U dinamik uchish va qoʻnish, parvozdan keyingi salonga qaytish kabi amallarni bajaradi.

BYD Tang L
Foto: ITHome

Yangi avtomobil 2+3+2 koʻrinishdagi 7 oʻrindiqdan iborat. Model DiPilot 300 tizimi bilan jihozlanadi. U 1 lazerli radar, 5 millimetr toʻlqinli radar, 12 ultratovushli radar va bir nechta kameralardan iborat. Bu imkoniyatlar shahar navigatsiyasi, yuqori tezlikdagi navigatsiya va avtoturargoh funksiyalarini amalga oshirish qulayligini taqdim etadi.

Gibrid model BYD kompaniyasining beshinchi avlod DM texnologiyasi bilan jihozlangan boʻlib, unda maksimal quvvati 115 kilovatt boʻlgan 1,5T dvigatel va maksimal quvvati 200 kVt boʻlgan elektr motor ishlatiladi.

U 4,3 soniyada 0 dan 100 km/soat tezlikka erisha oladi. Maksimal toza elektr masofasi 215 kmni tashkil etadi. Modelning narxi $31 mingdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD kompaniyasi Han L va Tang L yangi flagman elektromobillari chiqarilishini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek