
11-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 4,93 so‘mga tushib, 12 968,38 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 905 – 12 960 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 975 – 13 035 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 14,01 so‘mga oshib, 14 343,03 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 1,18 so‘mga oshib, 152,37 so‘mga teng bo‘ldi.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.