
Sobiq Apple bosh dizayneri Jonni Ayv va OpenAI rahbari Sam Altman smartfonlarga alternativ bo‘ladigan qurilma ishlab chiqmoqchi. Ushbu yangi qurilma ekran va tugmalarsiz bo‘lishi, faqat sun’iy intellekt yordamida boshqarilishi kutilmoqda, deya yozmoqda The Information.
Unga ko‘ra, qurilma butunlay yangilik bo‘lib, u bilan o‘zaro aloqalar faqat ovozli buyruqlar orqali amalga oshiriladi. Bu birinchi emas. Masalan, Humane kompaniyasining AI Pin loyihasi edi. AI Pin’ga talab ortmagan. Shunga qaramay Ayv va Altman bunday muammoga duch kelmasligini ishonch bilan aytishmoqda.
Ma’lumot uchun, Jonni Ayv 1992-yildan 2019-yilgacha Apple kompaniyasida ishlagan va iPhone yaratishda muhim rol o‘ynagan. Endi u ChatGPT chat-botini yaratgan shaxs sifatida tanilgan Sam Altmanga qo‘shilib, yangi qurilma ustida ishlamoqda. Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, OpenAI yaqinda Ayv va Altmanning yaratgan startapini $500 mlnga sotib olgan. Loyihada Apple kompaniyasining sobiq dizaynerlari Tan Tan va Evans Henki ham ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030-yilga kelib sun’iy intellekt inson darajasiga yetishi mumkinligi haqida yozgan edik.